Olti kundan beri Los-Anjeles bo‘ylab keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi, 12 mingdan ortiq bino, jumladan, turar joy binolari, maktablar va cherkovlar vayron bo‘ldi yoki zarar ko‘rdi.
Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. 180 mingga yaqin odam o‘z uylarini tark etdi. Aholi punktlari va 12 mingdan ortiq bino yonib ketdi. Yong‘inlardan ko‘rilgan zarar 135−150 mlrd dollarga yetdi. Tabiiy ofatga oid suratlar va yangilangan ma’lumotlar.
AQShning Los-Anjeles shahrida o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 100 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Kaliforniya hukumati favqulodda holat e’lon qilgan. Dastlabki zarar miqdori 50 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha qonunni imzoladi. Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish orqali yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganlarga alohida ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.
Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera rezervati hududida Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ekologiya vazirliklari tomonidan yong‘in o‘chirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 10 gektardan 20 gektargacha o‘rmonni tashkil etadi.
Qozog‘istonning Abay viloyatidagi yirik o‘rmon yong‘ini deyarli bir hafta o‘tib lokalizatsiya qilindi, 15 kishi halok bo‘lgan. Bosh prokuratura mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston tomoni Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Qozog‘istonning Abay viloyatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 12-iyun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan qo‘shni davlat prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali suhbatda Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Qozog‘istonning Kostanay viloyati Auliyekol tumanidagi tabiiy yong‘inlar maydoni 43 ming gektardan oshdi. Dushanba kuni mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Tokayev voqea joyiga borib, ofat hududlarini aylanib chiqdi. U yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun kun davomida tezkor shtabga tashrif buyuradi.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko‘ra, Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida FVVning o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan otryadlari tashkil etiladi. Qolaversa, 2022 yilda vazirlikning aviatsiya xizmati faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi. Ëng‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarishga esa xususiy sektor jalb etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting